Hurmatli Haydovchilar,

Kompaniyamizning muvaffaqiyati va rivoji uchun har birimiz o‘z ishimizni mukammal bajarishimiz, ko‘rsatma va qoidalarga amal qilishimiz juda muhimdir.

Iltimos, quyidagi charge listni ko’rib chiqing. Ushbu listda barcha muhim qoidalar, ish tartiblari va ularni buzganlik uchun belgilangan jarimalarni belgilanga. Faylni diqqat bilan o‘qib chiqing, shunda sizdan nimalar kutilayotganini aniq tushunasiz.

USHBU LIST BILAN BIR QATORDA, KOMPANIYA BILAN IMZOLAGAN KONTRAKTINGIZDA KELTIRILGAN JARIMA BANDLARI HAM O’Z KUCHIDA QOLADI.


Muhim Qoidalar – Majburiy O‘qish:

Hech qachon shipper va receiverni dispatch jamoasi “good to go” bermagunicha tark etmang. Har doim dispatchdan “good to go” (ketishgaruxsat) kutishingiz shart. Agar siz dispatch jamoasiga xabar bermasdan shipper/receiverni tark etsangiz, hamda broker sizni ortga qaytishingizni talab qilsa, barcha xarajatlar (deisel, broker charge va boshqalar) sizning xisobingizdan bo‘ladi.

Ushbu veb-sahifaning keyingi qismlarida kompaniyamizning qoidalar va ko‘rsatmalari batafsil keltirilgan.

Ushbu ko‘rsatmalarga amal qilishmiz orqali, muammolardan yiroq bo’lishimiz va birgalikda muvaffaqiyatga erishishimiz mumkin.

Jamoamizning qimmatli a’zosi bo‘lganingiz uchun rahmat!

1. Amazon Trailerlarini Tashishda

Amazon trailer olayotganda eng kamida ikkita rasm yuborish shart:

Old Tomon (shulardan iborat):

  • Kompaniya nomi, MC & DOT ko'rsatilishi kerak

  • reyler ID ko'rsatilishi kerak

  • TimeStamp ilovasidan foydalanishingiz kerak

Orqa Tomon (shulardan iborat):

  • Trailer ID ko'rsatilishi kerak

  • Seal (plomba) ko'rsatilishi kerak

  • Triler nomeri (License plate) ko'rsatilishi kerak

  • TimeStamp ilovasidan foydalanishingiz kerak (IOS & Android)

Agar biron bir damage/scratch aniqlansa, qo'shimcha rasmlarni yuborish kerak!

2. Amazon Relay Ilovasi: Relay ilovasida quyidagilarni bajaring:

1. Pickupga kelganda: Haydovchi facilityga kelganida, Relay mobil ilovasida “Swipe to arrive” tugmasini bosadi.

2. Treylerni skanerlash: Haydovchi treyler identifikatorini skanerlash yoki uni ilovaga qo‘lda kiritish orqali treylerini yukga biriktiradi.

3. Pickupda chiqish: Haydovchi facilityni tark etadi va ilovada “Swipe after gate scan” tugmasini bosadi.

4. Deliveryga kelganda: Haydovchi facilityga kelganida, Relay mobil ilovasida “Swipe to arrive” tugmasini bosadi.

5. Amazon yuklarini tashish paytida yukning boshidan oxirigacha, butun muddati davomida (har ikkala haydovchi ham jamoaviy yuk bo'lsa) relay ilovani yopmasdan foydalanib ketishlari shart.

6. Relay mobil ilovasini yukingiz boshlanishidan 15 daqiqa oldin ishga tushiring.

7. So'ngi stopga yetib kelguningizcha relay ilovasidan chiqib ketmang.

Kompaniyangizning reyting ko'rsatkichiga ta'sir qilmaslik uchun Amazon yuklarini tashishda Relay mobil ilovasini doimo ochiq saqlashingizni so’raymiz.

Iltimos, relay ilovasidan foydalanishda biron bir muammoga duch kelsangiz, darhol dispatcherga murojaat qiling!

3. Amazon Yard Qoidalari

Amazon yard qoidalariga ko'ra, yardga kirish va chiqishdagi stop belgisida to'xtab turish kerak. Hamda harakatlanish uchun guard shack ko'rsatmasini kuting. Iltimos, quyidagi yo'riqnomalar bilan tanishib chiqing:

  • Qizil chiroqda trailerni ulamang;

  • Har doim fosforli sariq nimcha kiying;

  • Yardda piyodalarga yo‘l bering va masofa saqlang;

  • Yard ichkarisida truckni o'chiring;

  • Yard uskunalari/jihozlaridan foydalanish faqat vakolatli Amazon xodimlari tomonidan amalga oshirilishi kerak;

  • Dock chirog'i qizil yonayotganda treylerdan kamida 6ft masofani saqlang;

  • Tandemlar orqa holatda bo'lishi kerak;

  • Tezlikni 5 mph dan oshirmang;

  • Chekish/sabasiz yurish/axlat tashlash ta'qiqlanadi;

  • Traktorlarni boshqarishda yoki yayov harakat qilishda naushniklar, uyali telefonlar va boshqa elektron qurilmalardan foydalanish mumkin emas; va

  • Avtotransport vositalarini boshqarishda har doim mahalliy xavfsizlik qoidalariga rioya qiling.

Yuqoridag talablarga rioya qilish rahbariyat tomonidan qat'iyan so'raladi va har qanday ko'rsatmalarni buzish haydovchining Amazon yuklarini bajarishdan to'xtatib qo'yishi yoki kompaniyaning Amazondan doimiy ravishda to'xtatilishiga olib kelishi mumkin.

4. Boshqa Trailerlardan Foydalanishda

Quyodagi suratlar yuobrilishi shart:

  • Брызговик/Mud flaps (ikkalasi)

  • Trailerning ichki tomoni (bo'sh bo'lsa)

  • Shinalar (ikkala tomon)

  • Treylerning yon tomonlari

  • Old tomoni

  • Orqa tomoni

Yuqoridagilarning birortasi jo'natilmasa, sizning taqdim etgan suratlarningiz "yuborilmagan" deb hisoblanadi, bu esa kompaniya qoidalariga muvofiq jarimaga olib keliadi.

5. Baxtsiz Hodisalarni Xabar Berish

Har qanday yuk, truck, treyler, boshqa transport vositalari, shaxslar yoki binolarga zarar yetkazilganda, buni darhol managementga xabar berishingiz va quyidagilarga ko'ra chora ko'rishingiz shart:

Boshqa transport vositalari bilan avariyalar uchun: MC va DOT raqamlarini, shuningdek, haydovchining CDL suratini olish.

Mulk zarariga doir: Mas'ul sayt vakilining aloqa ma'lumotlarini olish va agar ular hech qanday muammo yo'qligini aytsa, yozma tasdiqni olish.

Eslatib o'tamiz, har qanday xabar qilinmagan zarar da'volari haydovchining bo'ynida bo'ladi. Har qanday hodisani video va suratlarga oling.

6. Dam Olish Kunlari Eslatmasi

Biz odatda Power Only yuklarni (Loud out trailer) shaklida olamiz. Yani, trailerdan foydalanib ortga qaytarishimiz kerak bo'ladi. Buning uchun esa belgilangan muddat bor va kechikishlar uchun brokerlar bizdan jarima undiradi. Sizdan iltimos, trailer o'z vaqtida yetkazib berishni ta'minlashimiz uchun, uyga kirish kuningizni oldindan (kamida 7 kun) oldin xabar bering. Agar siz trailerni olib borayotgan vaqtingizda navbatdan tashqari uyga kirsangiz, kechikishlar uchun jarimalar sizning bo'yningizda bo'ladi.

Har bir holatda tezkorlik bilan xabar berishingiz sizning xavfsizligingiz va javobgarligingiz uchun juda muhim!

7. Truck Sticker (Decal)lardan Foydalanish

SAM CITY EXPRESS INC haydovchilari uchun uchun.

A) Agar Amazon yuk olingan bo'lsa, Yukga kirishdan oldin ULUG Express stikerlari bilan truck suratni yuboring, keyin yukni boshidan oxirigacha tugatmaguningizcha uni olib tashlamang.

B) Yukni olib ketayotgan vaqtingizda sizni police yoki weigh station to'xtishsa, faqat ULUG Express Binder hujjatlarini ko'rsating!

C) Agar yuk boshqa brokerlardan, ya’ni ko'cha yuklari bo’lsa, Har doim SAM CITY Express stickerlari va hujjatlarini saqlang.

ULUG EXPRESS INC haydovchilari uchun uchun:

A) Agar Amazon yuk olingan bo'lsa, Yukga kirishdan oldin ULUG Express stikerlari bilan truck suratni yuboring, keyin yukni boshidan oxirigacha tugatmaguningizcha uni olib tashlamang 🚚

B) Yukni olib ketayotgan vaqtingizda sizni police yoki weigh station to'xtishsa, faqat ULUG Express Binder hujjatlarini ko'rsating!

C) Agar boshqa brokerlar yani ko'cha yuki bo’lsa, yukga kirishdan oldin SAM CITY sign rasmlarini yuboring. Yukni olib chiqgandan so'ng siz SAM stickerini olib tashlab, ULUG EXPRESS stickeri bilan haydashni davom ettiring!

Thank you for taking the time to review our company policies and rules. Your understanding and commitment are key to keeping our operations safe, efficient, and successful.

Remember: always follow instructions, obey the rules, and communicate with the dispatch team before making any decisions on the road. Your professionalism protects not only yourself but also the entire team.

We appreciate your dedication and hard work. Let’s continue to work together to achieve success and maintain the highest standards in everything we do.

Management of Sam City Express Inc